La Liga. "Barselona"ning "Atletiko"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Ispaniya chempionatining 29-turida Kataloniyaning "Barselona" klubi Madridning "Atletiko" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Ushbu uchrashuv uchun "ko‘k-anorranglilar"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Jamoa ustozi Xavi Ernandes quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalana oladi.
Xavi shogirdlari La Liganing 28-turidan so‘ng 61 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Diego Simeone jamoasi esa 55 ochko bilan 5-pog‘onani band qilib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi bugun tungi soat 01:00da start oladi.

Fikrlar