La Liga klubi bugun rossiyalik hujumchisini ommaga tanishtiradi

  • 04.02.2020 18:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning “Selta” klubi bugun o‘zining rossiyalik hujumchisi Fyodor Smolovni rasman ommaga tanishtiradi.

Eslatib o‘tamiz, Smolov qishki transferlar davrida Moskvaning “Lokomotiv” klubidan 600 ming evro evaziga keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olingan edi. U La Liganing o‘tgan turida “Valensiya”ga (1:0) qarshi o‘yinda debyut qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!