
La Liga. "Real" yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi, Bellingemdan gol va assist
La Liga 8-turidan o‘rin olgan "Jirona" - "Real" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "qaymoqranglilar" yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Gollarga Xoselu, Chuameni va Bellingem mualliflik qildi.
Shu tariqa, "qirollik klubi" ochkolari sonini 21 taga etkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi. 19 ochkosi bor Kataloniya klubi 3-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar