La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi!

  • 23.03.2026 20:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xans-Diter Flik La Ligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi.

"Barselona" ushbu oyda barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi: "Atletik" (1:0), "Sevilya" (5:2) va "Rayo Valyekano" (1:0). Kataloniyaliklar ayni paytda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib, "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Yakuniy ovoz berishda 61 yoshli mutaxassis Diego Simeone ("Atletiko") va Luish Kashtro ("Levante")ni ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!