Lamin Yamal: Hammasi yolg‘on!

  • 6 noyabr, 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich to‘rtinchi turini Belgiyada o‘tkazib, safardan 3:3 hisobidagi durang bilan qaytgan “Barselona” yulduzi Lamin Yamal ayrim masalalarga oydinlik kiritdi.

Tecno

18 yoshli futbolchi “Bryugge” qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, durang natijaga ta’sir o‘tkazdi.

- Jarohatim borligi va shu bois, kayfiyatim yo‘qligi haqida juda ko‘p gapirishdi. Bularning bari yolg‘on.

Men jiddiy tarzda shug‘ullanishga va o‘z darajamda o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotgan edim. Shunday qilsam, o‘zimni har qachongidan ham yaxshi his qilaman va futboldan lazzat olaman, - dedi Lamin Yamal.

Ommaviy axborot vositalarida 18 yoshli futbolchining chov qismidan jarohat olgani va bu surunkali holatga kelishi mumkinligi, uni operatsiya qilish zarurligi, bu jarohatdan keyin Lamin Yamal yuqori darajada o‘ynay olmasligi ehtimoli katta ekani haqida juda ko‘p yozilayotgan edi.

Lamin Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va yana shuncha assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!