Lautaro transferi borasida "Real" muzokara o‘tkazdimi? Agent javob berdi
"Inter" forvardi Lautaro Martinesning transferi bo‘yicha "Real" klubi ish olib borayotgani haqidagi xabarga futbolchining agenti Bento Yake izoh berdi.
"Men "Inter" rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qildim va biz xushmuomalalik bilan gaplashdik. Biz Lautaroni "Real"ga yoki "Barsa"ga o‘tishi haqida gaplashmadik.
Lautaro "Inter"da qoladi. Madridliklar bilan muzokara olib borilmayapti," - dedi Yake.
Avvalroq, "Real" milanliklar rahbariyati bilan Lautaroning transferi borasida kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. Bundan tashqari, futbolchining o‘zi "Barselona"ga o‘tishni xohlayotgani haqida ham ma’lumotlar berilgan.

Fikrlar