Legionerimizga “Manchester Yunayted”da porlagan yulduz yo‘l ko‘rsatdi!

  • 7 avgust, 2023, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sobiq ittifoq hududidan Evropa chempionatlariga yo‘l olib, o‘zini ko‘rsata olgan o‘yinchilar unchalik ko‘p emas. Biroq, katta umidlar bilan kuchli beshlik chempionatlariga borib, nomini tarixga muhrlagan o‘yinchilar ham bo‘lgan.

Ana shunday futbolchilardan biri Andrey Kanchelskis edi. U rossiyalik futbolchilar orasida Evropada katta yutuqlarini qo‘lga kirita olgan kam sonli o‘yinchilardan. Yarim himoyachi sifatida to‘p tepgan Kanchelskis 1991-1995 yillar davomida “Manchester Yunayted” jamoasida to‘p tepib, ikki karra Angliya chempioni, Angliya kubogi, Futbol ligasi kubogi, Angliya Superkubogi va xalqaro maydonda Evropa Superkubogiga sazovor bo‘lgan.

2_0

Angliyada “Manchester Siti”, “Everton” va “Sautgempton”, shuningdek, Italiyada “Fiorentina” jamoalarida to‘p tepgan.

Glazgo Reynjers” safida ikki bor Shotlandiya chempioni, uch marta mamlakat kubogi va ikki marta Liga kubogida zafar quchgan.

Andrey Kanchelskis o‘zbek futboliga begona emas. U 2018-2020 yillar davomida o‘rtada qisqa tanaffus bilan “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. O‘zbekiston futboli va o‘zbek futbolchilarini yaxshi biladi. Shubois, rossiyalik jurnalistlar o‘zbek futbolchilari haqida gap ketganida, albatta, Kanchelskis fikrini so‘raydi.

Bu gal metaratings.ru sayti jurnalistlari yaqinda “Paxtakor”dan TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgan 19 yoshli hujumkor futbolchi Abbosbek Fayzullaevning transferiga Andrey Kanchelskisdan mutaxassis sifatida munosabatni so‘radi.

- Men Abbosbek Fayzullaevni yaxshi bilaman. Biz avval u haqida gaplashgan va unga e’tibor qaratgan edik. Keling, u TsSKAga qanchalik moslashib olishini kuzataylik. Har holda, uning uchun Rossiyada hayot tarzi va hamma narsa boshqacha.

O‘zim ko‘rganlarimga tayanib, shuni ayta olamanki, Abbosbek o‘ta iqtidorli va salohiyati katta futbolchi. Lekin Moskva bu boshqa shahar, ko‘pchilik bu erda yoshab keta olmaydi.

Bu kabi futbolchilarni Janubiy Koreya, Yaponiya kabi Osiyo mamlakatlari o‘ziga ko‘proq tortadi, Evropa futboli emas. Buni Oston O‘runov misolida ko‘rishimiz mumkin. O‘runov yaxshi o‘ynardi, lekin oxir-oqibat hech narsa o‘xshamadi. Lekin nega bunday bo‘lgani hamon tushunarsiz.

Mening nazarimda O‘runov juda yaxshi futbolchi. Eldor Shomurodovda esa, “Rostov”da barchasi zo‘r bo‘ldi.

Hammasi futbolchiga, uning xarakteriga va maqsad sari intilishiga bog‘liq.

Abbosbek Fayzullaevda ham hammasi yaxshi bo‘lishini Xudodan so‘rayman. Lekin futbolda har nima bo‘lishi mumkin. Ko‘p narsa jamoaga, mamlakatga va mentalitetga bog‘liq bo‘ladi.

Eng asosiysi, Abbosbek TsSKAning chempionlikka erishishi yo‘lida jamoaning harakatlariga ko‘maklashishi kerak.

Ha, bu transferning o‘ziga yarasha plyus tomonlari ham bor. Abbosbek ruschani yaxshi biladigan futbolchi, til borasida unda hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Yana qaytaraman, eng asosiysi – bu boshqacha hayot tarzi. Qo‘shimchasiga, Moskva juda xavfli shahar, odamni o‘zgartirib yuboradi.

Fayzullaev bo‘ladigan yigit va bularning hammasini tushunib turibdi, deb o‘ylayman. Hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilamiz.

Qolaversa, o‘zbeklarda xorijga chiqayotgan o‘yinchilar unchalik ko‘p emas va shuning uchun ham ularda o‘zini ko‘rsatish ishtiyoqi baland bo‘ladi. Agar Abbosbek o‘z salohiyati va mahoratini namoyish qila olsa, o‘zbekistonlik futbolchilarga ham ko‘proq e’tibor qaratilardi. Bu juda muhim palla.

Abbosbek Fayzullaev o‘z xulqi va o‘yini orqali boshqa futbolchilarga ham yo‘l ochib berishi kerak, - dedi Andrey Kanchelskis.

9e79eb76f54d3efa741a6ac3860d9d2f

Ta’kidlash joizki, TsSKA klubi Abbosbek Fayzullaev bilan 3+1 ko‘rinishida shartnomaga imzo chekdi. Futbolchimiz moskvaliklar safida 21-raqamda o‘ynaydi.

Shomurodov “Roma”ga qaytishi uchun Mourino qanday shart qo‘ygan?

Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Shomurodov o‘rniga “Manchester Yunayted”da o‘ynagan hujumchi keladi

Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi

Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Djumaboy Kindjayev
08/08/2023 00:40
Худо хохласа яхши уйнаб кетади