
Legionerlarimiz. Bugun Aziz G‘aniev va Hojimat Erkinov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 22-turida "Shabab Al-Ahli" o‘z uyida "Al-Bataex" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.
Mezbonlar safida harakat qilayotgan legionerimiz Aziz G‘aniev harakat qilayotgan mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, dubayliklar ayni damda 46 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalini boshqarmoqda.
Bugungi sanada Rossiya premer-ligasinig 22-turi doirasida Hojimat Erkinov o‘ynayotgan "Torpedo" o‘z uyida "Fakel" jamoasini qabul qiladi. Bahs 16:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Torpedo" ayni damda 10 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar