
Legionerlarimiz. Bugun Geynrix, Afonin, va Ismoilovlarning jamoalari o‘ynaydi
Bugun bir qator horij chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarimizning jamoalari o‘ynaydi. Jumladan, Janubiy Koreyaning “Ansan Grinerz” jamoasida o‘ynayotgan Bahodir Nasimov bugun “Kyonnam”ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilovning “Changchun Yatay”i esa bugun “Xenan” jamoasiga qarshi bahsda mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritish uchun harakat qilib ko‘radi.
Shunindek, bugun Rossiyada faoliyat olib borayotgan legioner futbolchilarimiz – Vagiz Galiulin, Bobur Davlatov xamda Vadim Afoninlarning jamoalari ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
Qozog‘istonning “Ordabasi” klubida to‘p surib kelayotgan Aleksandr Geynrix esa bugun “Tobol”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Serbiyada esa pley-off bosqichining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda Husniddin G‘ofurovning “Yavor” klubi o‘z uyida “Mladost” klubini qabul qiladi.
Mazkur o‘yinlarning natijasini SPORTS.uz axborot-portalida kuzatib boring.
11.00 “Kyonnam” – “Ansan Grinnerz”(Bahodir Nasimov)
12.00 “Changchun Yatay” – “Xenan Jiane”(Anzur Ismoilov)
13.00 “Luch-Energiya” – “Tosno”(Vagiz Galiulin)
14.00 “Tom” – “Orenburg”(Vadim Afonin)
15.00 “Ordabasi” – “Tobol”(Aleksandr Geyrix)
15.00 “Nefteximik” – “Spartak-2”(Bobur Davlatov)
22.00 “Yavor” – “Mladost”(Husniddin G‘ofurov)
Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Fikrlar