Legionerlarimizdan biri ikkita gol bilan rekord va chempionlik imkoniyatini saqlab qoldi, ikkinchisi haydaldi!

  • 2 noyabr, 2022, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bealrus chempionati oliy ligasida hal qiluvchi pallaga kirdi. O‘z tarixida ilk bor sovrinli o‘rinlar uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Energetik-BGU” 15-turning qoldirilgan uchrashuvida “Dinamo-Minsk” mehmoni bo‘ldi.

Bu uchrashuvni chempionatning markaziy o‘yinlaridan biri sifatida baholash mumkin. Chunki hozircha to‘rtinchi pog‘onada borayotgan “Dinamo-Minsk” o‘z maydonidagi uchrashuvda g‘alaba qozongan taqdirda chempionlik uchun kurashga qo‘shilish imkoniyatini saqlab qolardi.

Ikkinchi o‘rinni egallab turgan va musobaqa peshqadami " Shaxtyor-Soligorsk"dan ikki ochkoga ortda qolayotgan “Energetik-BGU” ham kurashni davom ettirish uchun g‘alaba suv va havodek zarur edi.

bye580edd8572_1

Hisob uchrashuvning 9-daqiqasida “talabalar” tomonidan ochildi. Himoyachi Aleksey Lavrik mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

O‘z maydonida to‘p tepayotgan “dinamochilar” birinchi bo‘limning o‘zida  Bakichning aniq zarbasidan keyin vaziyatni tenglashtirdi.

Ushbu bellashuvda burilish nuqtasini Bobur Abduxoliqov qo‘ydi. Hamyurtimiz 70-daqiqada penaltidan to‘p kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uch daqiqadan so‘ng legionerimiz raqib darvozasiga uzoq masofadan kuchli zarba berdi.

“Dinamo-Minsk” posboni Egor Xatkevich katta qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi, lekin undan qaytgan to‘pni Ilya Grishenga darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.

Uchrashuvning yana bir e’tiborga molik vaziyati o‘zbekistonlik futbolchi Abdulqodir Husanov ishtirokida bo‘ldi. 18 yoshli markaziy himoyachimiz 74-daqiqada ikkinchi marta ogohlantirish olib, maydondan haydaldi.

Uchrashuv oxirida Bobur Abduxoliqov yana katta sahnaga chiqdi. Jamoadoshining super uzatmasidan unumli foydalangan hujumchi chiroyli gol urib,  hisobdagi farqni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Bobur Abduxoliqov chempionatdagi gollari sonini 25 taga etkazib oldi va to‘purarlar poygasida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Bobur Abduxoliqov mazkur dubldan keyin 2007 yilgi chempionatda o‘z hisobiga 24 ta aniq zarba yozdirib qo‘ygan “Gomel” hujumchisi Roman Vasilyukdan o‘zib ketdi.

Quvonarlisi, mohir legionerimiz 2001 yili ligada 25 ta gol muallifi bo‘lgan “Nyoman-Belkard”ning rossiyalik forvardi Sergey Davidov natijasini qaytardi.

Bobur Abduxoliqov qolgan ikkita o‘yinda bitta gol ursa Belarus chempionatining bir mavsumida eng ko‘p to‘p kiritgan xorijlik futbolchisiga aylanadi.

Ayni paytda 25 yoshli hamyurtimiz 25 ta gol va oltita golli pas bilan gol+pas tizimida 31 ochko jamg‘arib, chempionatning eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi. Shuningdek, hamyurtimiz hisobida Belarus kubogida o‘tkazilgan bitta uchrashuvda gol va assist qayd etgan.

Bobur Abduxoliqov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

byec161df05e7

Endi “Energetik-BGU” navbatdagi uchrashuvini 6 noyabr kuni safarda “Gomel”ga qarshi o‘tkazadi. Va mavsumning so‘nggi bahsida “Dinamo-Minsk” bilan o‘z maydonida o‘ynaydi. Bu bellashuv 12 noyabrga belgilangan.

"Barselona" yulduzi Rimga kelyapti. Bunaqada Shomurodovga umuman “non” qolmaydi!

Qiyin g‘alabada Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodovning qadami qutlug‘ kelgan o‘yindan keyin Mourino nimalar dedi?

To‘purar legionerimiz oxirigacha kurashadi!

Eng kuchli futbolchimiz Evropani emas, Xitoyni tanlaganiga izoh berdi

"Arsenal" so‘ragan legionerimizni jamoasi Angliyaga qo‘yib yubormagan ekan...

Shomurodovga “Roma”dan ketishni tavsiya qilishdi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!