
Lempard o‘zi haydagan futbolchini qaytaradi
Frenk Lempard o‘zi “Chelsi”dan ketkazib yuborgan mahoratli yarim himoyachi Ross Barklini yana ortga qaytarishga qaror qildi. Futbolchi ijara asosida “Aston Villa”da o‘ynayotgan edi.
Ross “villaliklar” tarkibidagi harakatlari bilan Lempardning e’tiboriga tushdi. Avvalroq, Barklining “Chelsi”dagi kelajagi katta so‘roq ostida qolgandi. Endi bosh murabbiy unga yangi imkon berishga tayyor.
Barkli aslida “Everton” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va liverpulliklar tarkibida 2018 yilgacha to‘p surga. Iste’dodini namoyish qilgan futbolchini “Chelsi” 16,8 million evroga transfer qilgandi. Ross “Chelsi”da jami 86 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol urgan va 11 marta golli pas uzatgan.
Fikrlar