Lempard Tyagu Silvaning xatosiga munosabat bildirdi
Angliya Premer-ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Vest Bromvich" - "Chelsi" uchrashuvi 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. E’tiborlisi, "aristokratlar" tomonidan o‘tkazib yuborilgan 3-gol jamoaning yangi himoyachisi Tyagu Silvaning xatosi oqibatida yuzaga keldi. London klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi:
"Silvaning tarkibimizga qo‘shilishi ajoyib voqea. U faoliyati davomida fantastik o‘yin namoyish etib kelgan. Bugungi xato meni u qadar tashvishlantirmaydi.
Xatolarni tan olishga tayyorman. Biz bir jamoamiz va bu ikkinchi taymga kelibgina esimizga tushdi. Silva bilan bog‘liq vaziyat shunchaki kichik xato edi. Muhimi, u APLdagi debyut uchrashuvini o‘tkazib oldi. Buyog‘iga yanada kuchliroq o‘ynashiga umid qilib qolamiz", - dedi angliyalik mutaxassis.
Fikrlar