"Lester" etakchilaridan biri bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi

  • 12.03.2020 23:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Lester” klubi himoyachisi Rikardu Pereyra tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda bosh murabbiy Brendan Rojers aytib o‘tdi.

“Afsuski Rikardu tizzasini qayrib oldi. Bu uning mavsum oxirigacha maydonga tusholmasligini anglatadi. Bu juda katta yo‘qotish bo‘ldi, chunki u ajoyib futbolchi”, - deydi Rojers.

Portugaliyalik futbolchi APLning 29-turida “Aston Villa”ga qarshi bahsda jarohat olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!