"Lester" futbolchisiga top klublar qiziqish bildirmoqda

"Lester Siti" yarim himoyachisi Demaray Grey jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda.

Greyning "tulkilar" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi va futbolchi jamoa bilan yangi bitim imzolamoqchi emas. 

Manbaning yozishicha, "Roma" va "Benfika" 24 yoshli angliyalik futbolchini erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

Grey joriy mavsum "Lester" safida 6ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan. Uning xizmatiga APL klublaridan ham takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!