Levandovski ashaddiy raqib – “Real” ustoziga baho berdi

  • 22 avgust, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyligini Xabi Alonso o‘z qo‘liga oldi. Bungacha ispaniyalik mutaxassis Bundesligada “Bayer”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan edi.

Tecno

“Qirollik klubi”ning ashaddiy raqibi – “Barselona” to‘purari Robert Levandovski Xabi Alonsoning “Real”dagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Xabi Alonsoning  bosh murabbiy sifatida kelajagi yorqin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Men uni jahon futbolida eng yaxshi murabbiylar bo‘lishiga ishonaman. Balki, eng zo‘ri bo‘lar.

Chunki Xabi Alonso oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erisha oladigan va jamoadan maksimum darajada foydalanadigan murabbiy hisoblanadi, - dedi Robert Levandovski.

“Real” rahbariyati Karlo Anchelottini iste’foga chiqarganidan keyin Xabi Alonso bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!