
Levandovski faoliyatidagi eng yaxshi jamoa qaysi ekanligi haqida gapirdi
Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tishi faoliyatidagi eng to‘g‘ri qarorlardan biri ekanini ta’kidlab, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kataloniyadagi odamlar boshqa joylardan ko‘ra nisbatan xushchaqchaq va ochiqroq. Klub haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoaning qanchalik buyuk ekanini siz har qadamda, har bir ishda ko‘rasiz, hatto mavsumoldi musobaqaga yo‘l olganingizda ham bu yaqqol seziladi.
Buyuk klublarda to‘p surganman, lekin "Barselona"da boshqacha bir his-tuyg‘u bordek. Bu erga kelganimning birinchi kunidanoq o‘zimni to‘g‘ri joyda ekanligimni his qildim" - deya ta’rif berib o‘tdi polshalik forvard.
Ma’lumot o‘rnida, 36 yoshli hujumchi joriy mavsum 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 35 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar