Levandovski Messi bilan o‘ynamaydi

  • 19.12.2025 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning 37 yoshli to‘purari Robert Levandovski kelajagiga oid xabarlar hali o‘zini oqlagani yo‘q. Bir necha manbalar polshalik hujumchi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tishi va Lionel Messi bilan birga o‘ynashi haqida yozgan edi.

Bu masalaga taniqli insayder Fabritsio Romano oydinlik kiritdi.

Uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, “Inter Mayami” tajribali hujumchi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha hech qanday rejaga ega emas va forvardni transferlar ro‘yxatiga kiritmagan.

Robert Levandovskining o‘zi ham hozircha faqat “Barselona”dagi o‘yinlari haqida o‘ylamoqda va kelajagi bilan bog‘liq qarorni faqat kelasi yil qabul qiladi.

Polshalik hujumchining kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Transfermarkt portali tajribali to‘purarni 9 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!