"Leyptsig" o‘z maydonida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida "Leyptsig" o‘z maydonida "Manchester Yunayted" ustidan g‘alaba qozondi.

O‘yin nemis klubining ustunligi bilan boshlandi. 2-daqiqada Anxelino qanotdan uzatib berilgan pasni gol bilan yakunladi. 13-daqiqada Xaydara hisobdagi farqni ikkitaga etkazdi, 69-daqiqada Klyuyvert himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi. 80-daqiqada Grinvudga ishlatilgan qo‘pollik uchun hakam "Leyptsig" darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Fernandesh aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tganidan so‘ng Pogba burchakdan uzatilgan pasni boshi bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. Qolgan vaqt davomida darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!