"Lids" "Liverpul" ko‘zlayotgan futbolchini "nishonga oldi"

  • 28.03.2021 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lids" klubi rahbariyati "Sevilya" yarim himoyachisi Lukas Okamposni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, APL klubi 26 yoshli argentinalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Ammo bu borada ular premer-liganing amaldagi g‘olibi - "Liverpul" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Boisi, Okamposni mersisaydliklar ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Lukas Okampos joriy mavsum "Sevilya" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning tovon puli 70 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!