Lionel Messi Argentinaning pley-offga chiqishini izohladi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Avstriya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, bu g‘alabadan juda xursandman. U juda muhim edi va og‘ir, murosasiz kurashda qo‘lga kiritildi. Endi kelajakka hotirjamroq qarashimiz mumkin", — dedi Messi.
Argentina terma jamoasi ikki turdan keyin 6 ochko jamg‘ardi va muddatidan avval Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqishni ta’minladi.
Ma’lumot uchun, Messi mazkur mundialda ikki o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar