Lionel Messi "Barselona" prezidenti saylovida ishtirok etadi(mi)?

  • 05.02.2026 21:27
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messi mart oyida bo‘ladigan klub prezidenti sayloviga aralashmoqchi emas.

Argentinalik futbolchi Kataloniya klubidagi prezidentlik sayloviga ta’sir o‘tkazish niyatida emas, garchi u nomzodlardan birini qo‘llab-quvvatlasa aynan o‘sha nomzod ko‘proq ovoz to‘plashi mumkin bo‘lsada. Bu haqida "Marca" nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Messi kelajakda "Barselona" ga qaytishni istaydi, ammo hozircha qaysi ro‘lni egallashi noma’lum.

"Ko‘k-anorranglilar" o‘rtasidagi prezidentlik saylovi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda klubning amaldagi rahbari Joan Laportadan tashqari yana uchta shaxs o‘z nomzodini qo‘ygan. Bular, Viktor Fort, Xavi Vilaxoana va Mark Siriya.

Ma’lumot uchun, "Barselona" ayni vaqtda Ispaniya La Ligasida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!