Lionel Messi yangi rekord o‘rnatdi: tarixda hech kim bunday natijaga erishmagan

  • 28.06.2026 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasining eng zo‘r futbolchisi Lionel Messi jahon chempionatlari tarixiga yangi sahifa qo‘shdi. U futbol bo‘yicha dunyo birinchi raqamli musobaqasida ketma-ket yetti o‘yinda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Argentina terma jamoasi sardori o‘zining hayratlanarli seriyasini Iordaniyaga qarshi bahsda ham davom ettirdi. U yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, shu paytgacha hech kimga nasib etmagan noyob yutuqqa erishdi.

Shu tariqa, Messi dunyo miqyosidagi eng nufuzli turnirda yetti o‘yindan beri maydonga tushgan har bir bahsda gol urib kelmoqda.

Bundan tashqari, Messi jahon chempionatlaridagi shaxsiy gollar rekordini ham yangiladi — endi uning hisobida 19 ta gol bor. Shu bilan u 16 tadan gol urgan Miroslav Kloze va Kilian Mbappe kabi asosiy ta’qibchilaridan uzoqlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!