
LIVE! Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz janglarini kuzatib boring
Xabaringiz bor, Dubayda o‘smir va yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etayotgandi. Bugun o‘smirlar o‘rtasidagi hal qiluvchi onlar ya’ni, final bahslari bo‘lib o‘tadi. Ertaga esa yoshlar o‘rtasidagi final o‘tkaziladi.
Final bosqichiga O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasidan 16 nafar vakillarimiz etib kelgan edi.
1. (-50 kg) Hojiakbar Mahmudov (O‘zbekiston) - Ruslan Gafurov (Tojikiston) (g‘alaba)
2. (-52 kg) Abdulloh Madaminov (O‘zbekiston) - Torehan Sabirhan (Qozog‘iston) (mag‘lubiyat)
3. (-54 kg) Mironshoh Norqosimov (O‘zbekiston) - Adaybek Niyazbay (Qozog‘iston) (mag‘lubiyat)
4. (-57 kg) Dalerjon Bozorov (O‘zbekiston) - Bahtiyar Anarbaev (Qozog‘iston) (mag‘lubiyat)
Mazkur final janglari Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi. Bahslarni AIBA yutub kanalidan jonli ravishda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar