Liverpul aereporti Ronalduni masxara qildi

  • 07.07.2022 07:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Liverpul aeroporti tvitterda Krishtianu Ronaldu haqida hazil qildi. 

Agar yaxshi taklif kelib tushsa, portagaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etish niyatida ekani xabar qilingandi.

"Manchesterdan ketishni istayapsiz, ammo keyingi manzilni topa olmayapsizmi?  

Biz hamma narsa tezroq, osonroq va do‘stona bo‘ladigan aeroportga Ronalduni taklif qilishdan mamnun bo‘lardik. Bu erda siz "Lufthansa" reysi bilan Lissabon va Myunxenga yoki "Ryanair" reysi bilan Parij hamda Rimga uchishingiz mumkin", - deyildi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!