“Liverpul” bir futbolchidan qutila olmayapti
“Liverpul” rahbariyati yozgi transferlar davrida tarkibda ro‘y bergan o‘zgarishlardan keyin ayrim o‘yinchilardan qutilishga harakat qilyapti.
Xususan, klub mutasaddilari gretsiyalik chap qanot himochisi Kostas Tsimikasni transferga qo‘ygan edi. Biroq bu o‘yinchini sotib oladigan klub topilmadi.
Bosh murabbiy Arne Slot himoya chiizig‘ining chap tomonida tajribali Endryu Robertson va jamoaga yangi olingan Milosh Kerkezga ishonch bildirishga qaror qilgan.
Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, “qizillar” asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan Tsimikasni endi ijaraga berishga tayyor.
2020 yildan beri “Liverpul” a’zosi hisoblangan 29 yoshli futbolchi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish istagida jamoani o‘zgartirishga moyilligini bildirdi.

Fikrlar