"Liverpul" Evropada birinchi bo‘lib EChL yo‘llanmasini naqd qildi

  • 18.02.2020 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor "Chelsi" kecha APLning 26-turida o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

E’tiborlisi, ushbu o‘yin natijasi "Liverpul"ni Evropada birinchi bo‘lib kelgusi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. Hozirda 4-o‘rinda borayotgan "Chelsi"ning "Liverpul" bilan oradagi farqi naqd 35 ochkoni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa ayni damda 76 ochko bilan premer-ligada yakka peshqadamlik qilmoqda. Ular 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana APL chempionligini qo‘lga kiritishga juda yaqin turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!