"Liverpool" himoyachisining transferi barbod bo‘ldi
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertsonning "Tottenxem"ga transferi barbod bo‘ldi. Bu haqida jurnalist va insayder Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar "shporlar" bosh murabbiyi Tomas Frankga 31 yoshli shotlandiyalik futbolchiga o‘rinbosar topilmagani va shu sababli transferni ma’qullamasligini bildirgan. Qayd etilishicha, shotlandiyalik futbolchining ketishi bo‘yicha muzokaralar ham Robertson, ham "Liverpul" manfaatlarini hisobga olgan holda olib borilgan.
Ta’kidlanishicha, "Liverpul" "Tottenxem"ning bonuslarni hisobga olgan holda 5 million funt sterlingdan (5,7 million yevro) ortiq taklifini qabul qilgan va gretsiyalik Kostas Tsimikasni qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, ammo hozircha bu g‘oyadan voz kechishga qaror qilgan. Robertsonning London klubiga transferi bilan bog‘liq vaziyatga yanvar oyi oxiridagi transfer o‘zgarishlari ta’sir qilishi mumkin. Himoyachi transfer uchun ochiq, garchi uni majburlamayotgan bo‘lsa-da.
Robertson "Liverpul" safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida himoyachi barcha turnirlarda 364 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 68 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar