
"Liverpul" jahon chempionining transferini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
Argentinalik yarim himoyachi Aleksis Makallister "Brayton"dan "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli jahon chempionining agenti mersisaydliklar rahbariyati bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Ushbu transfer kelasi haftada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Aleksis Makallister joriy 2022/2023 yilgi mavsumda “Brayton” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi o‘tgan yil oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasi tarkibida g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar