“Liverpul” katta transferga ulgurmay qoldi

  • 02.02.2022 17:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Athletic nashrining xabar berishicha, “Liverpul” mutasaddilari uzoq kutilgan transferni amalga oshirishga ulgurmay qoldi.

Angliya chempionati grandlari qishki transferlar davrida “Fulxem” yarim himoyachisi Fabiu Karvalyani talashgan edi. Biroq, ularning hech qaysisi iste’dodli o‘yinchini qo‘lga kirita olmadi.

Aslida “Liverpul” hujumkor futbolchini o‘z safiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan edi. Klublar ham bu transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi. Biroq, liverpulliklar transfer rasmiyatchiliklarini amalga oshirib ulgurmagani Karvalyuning yo‘lini yapti.

Endi Yurgen Kloppga bu o‘yinchini olish qiyin bo‘ladi. Chunki yozda “Chelsi” ham Fabiu Karvalyuni o‘z safiga qo‘shib olishga harakatni boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!