
"Liverpul" Moreno o‘rniga yangi himoyachi sotib olmasligi mumkin
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp tarkibga chap qanot himoyachisi qo‘shib olinmasligi mumkinligini inkor etmadi.
Eslatib o‘tamiz, chap qanot himoyachisi Alberto Moreno yaqindagina shartnomasi yakunlangach "Sevilya"ga ko‘chib o‘tgan edi.
“Hozircha buni tasdiqlamayman, ammo rad ham etmayman. Birinchi navbatda klub ushbu transferni amalga oshira oladimi yoki yo‘q, shuni hisob-kitob qilib olish kerak. Biz hozircha ushbu pozitsiyaga 2 ta yosh futbolchini ko‘zlayapmiz. Bundan tashqari bizda Jeyms Milner ham bor”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar