“Liverpool” olti futbolchidan voz kechdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” joriy mavsumdan keyin tarkibida jiddiy oʻzgarishlarga qoʻl urishga qaror qildi.
Daily Mail nashrining yozishicha, yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoa rahbariyati bir guruh oʻyinchilar bilan xayrlashishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar safidan ommaviy ketish hujumchi Muhammad Saloҳdan boshlanishi kutilmoqda. Ekspertlar fikriga koʻra, misrlik toʻpurar jamoadagi oʻz holatidan norozi.
Saloҳdan tashqari, “Liverpul” tajribali himoyachi Endryu Robertsonning kelajagi masalasini ham muhokama qilmoqda, uning shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Bu oʻyinchiga oʻrinbosar qidirish ishlari boshlab yuborilgan.
Markaziy himoyachi Ibroҳim Konatening kelajagi ham noaniq. “Qizillar” futbolchiga aprel boshigacha yangi shartnoma haqida oʻylab koʻrish uchun vaqt bergan.
“Liverpul” jamoada ikki mavsum davomida bosh murabbiy Arne Slot ishonchini qozona olmagan vinger Federico Kyeza boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi.
Klub shuningdek, yarim himoyachi Kёrtis Jons transferini ham oʻrtaga qoʻymoqda. Garchi Arne Slot unga ishonch bildirayotgan boʻlsa, klub rahbariyati uning narxi balandligidan foydalanib, gʻaznaga mўmay tushum qilmoqchi.
Himoyachi Jozeph Gomesning kelajagi koʻp jihatdan Konatening “Liverpul”dagi holatiga bogʻliq. Futbolchiga berilayotgan oʻyin vaqti yoqmayapti va u ham boshqa klublarga ochiq ekanini taʼkidlamoqda.
Fikrlar