“Liverpul” qimmatbaho yulduz bo‘yicha bilan muzokara boshladi

  • 15.12.2025 12:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ana shu maqsadda, mersisaydliklar “Bornmut” klubiga qanot hujumchisi Antuan Semeno transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan murojaat qildi.

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” mavsumning birinchi qismida yuz bergan inqirozdan keyin tarkibni APLga moslashgan yangi ijrochilar bilan kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Bu haqda  Indykaila News nashri xabar tarqatdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Antuan uchun to‘lov miqdori va usullarini muhokama qilmoqda.

Yaqinda bosh murabbiy Arne Slot va jamoa to‘purari Muhammad Saloh o‘rtasidagi ziddiyatdan keyin o‘tkazilgan klub rahbariyati yig‘ilishida jamoaga har ikki qanotda o‘ynay oladigan yangi hujumkor futbolchi olish ehtiyoji borligi tasdiqlangani aytilmoqda.

25 yoshli Semeno “Liverpul” talablariga to‘liq mos keladi. Ganalik vinger 2023 yilning yanvaridan beri “Bornmut” safida o‘ynab kelyapti. Transfermarkt portali Antuanning transfer qiymatini 65 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!