"Liverpool" rahbariyati Arne Slotga ishonch bildirmoqda
"Liverpul" klubi egalari jamoa bosh murabbiyi Arne Slotni tezda almashtirish niyatida emas va unga yana bir imkoniyat berish tarafdori. Bu haqida "The Telegraph" xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, klub bilan shartnoma 2026/2027 yil 30 iyunigacha amal qiladi. Shu bois, uning taqdiri kelasi mavsumda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
"Fenway Sports Group" rahbariyati mavsumdagi omadsziliklarni faqat murabbiy bilan bog‘lamaydi. Ular bu holatni bir nechta omillar bilan izohlamoqda: Diogu Jotaning fojiali vafoti, Muhammad Saloҳning formadagi pasayishi hamda yangi futbolchilarning jamoaga moslashish jarayoni.
31-turdan so‘ng "Liverpul" 49 ochko bilan Angliya Premyer-ligasida 5-o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklar shuningdek Yevropa chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o‘yinida safarda "Pari Sen-Jermen"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, avval esa Angliya kubogida "Manchester Siti"ga 0:4 hisobida yutqazgan.
Fikrlar