
"Liverpul" sardori aprelgacha safdan chiqdi
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson APL doirasidagi "Everton"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati sababli operatsiya qilindi.
Klub matbuoti futbolchining qachon safga qaytishi borasida aniq bir sanani ma’lum qilmadi. Katta ehtimol bilan Xenderson aprelgacha jamoasiga yordam bera olmaydi.
30 yoshli angliyalik futbolchi "Sheffild", "Chelsi", "Fulxem", "Vulverxempton" va EChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Leyptsig"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar