“Liverpul” yulduzi Husanovga qanday munosabat bildirdi?

  • 29 aprel, 06:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya – jahon futboliga juda ko‘p mahoratli o‘yinchilarni tarbiyalab bergan. Bu mamlakatdan etishib chiqqan charm to‘p ustalari Evropaning turli ligalarida porlaganini ko‘rishimiz mumkin.

Ana shunday yulduzlardan biri Rayan Babel “Ayaks”ning mashhur tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. Taniqli hujumchi qadrdon jamoasi safida ikki martadan Niderlandiya chempioni, mamlakat kubogi va superkubogi sohibi bo‘lgan.

Yulduzli davri “Liverpul”da o‘ynagan paytiga to‘g‘ri keldi. Babel 2007-2011 yillar davomida Angliya Premer-ligasida mahorat ko‘rsatdi.

Umuman olganda, 2024 yilning noyabrida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagunicha 38 yoshli futbolchi yuqorida nomi keltirilgan ikki jamoadan tashqari Germaniyaning “Xoffenxaym”, Ispaniyaning “Deportivo”, Angliyaning “Fulxem”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn”, Turkiyaning “Qosimposho”, “Beshiktosh”, “Galatasaroy” va “Eyupspor” klublarida to‘p tepgan.

Rayan Babel Angliya Premer-ligasi grandlari bilan shartnoma tuzgan Markaziy Osiyoning ikki iste’dodli futbolchisi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Mendan Dastan Satpaevning “Chelsi”ga transferi haqida fikr so‘rashyapti. Men bu futbolchiga London klubi akademiyasidagi murabbiylar gaplarini yaxshilab tinglashni maslahat bergan bo‘lardim.

Chunki shunday qilish orqali mahalliy muhit va madaniyatni tezroq anglab olish imkoni tug‘iladi. U ingliz tilini qay darajada o‘zlashtirganini bilmayman. Til bilish jamoaga kirishib ketish uchun juda muhim omil hisoblanadi.

Eng asosiysi, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch. Ba’zan muxlislarning kuchli bosimi ostida qolib ketasan va ana shunday holatda bor e’tiborni o‘z maqsadlaringga yo‘naltirish juda qiyin bo‘ladi.

 - Siz o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovni “Manchester Siti”ga o‘tganini ham eshitgangandirsiz?

- Ha, bu O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi futboli rivojlanishda davom etayotgan mamlakatlar uchun juda muhim transfer hisoblanadi.

Agar bu erda mana shunday iste’dod egalari kashf etilversa, qudratli klublar skautlari bu bozorlarni yanada diqqat bilan o‘rganib chiqishga e’tibor qaratadi.

Masalan, siz mening qadrdon klubim “Ayaks”ni juda yaxshi bilasiz. Misol uchun mana shu klub yosh va salohiyati yuqori iqtidorlarni topish, ularni futbolchi sifatida yangi bosqichlarga chiqishiga yordam berish yo‘nalishida juda faol ishlaydi, - dedi Rayan Babel.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni “Manchester Siti” 40 million evro evaziga Frantsiyaning “Lans” klubidan Abduqodir Husanovni transfer qildi. 21 yoshli markaziy himoyachi Angliya Premer-ligasida maydonga tushgan Markaziy Osiyoning birinchi futbolchisi sifatida o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ydi.

Shuningdek, Londonning “Chelsi” klubi Qozog‘istonning “Qayrat” klubi tarbiyalanuvchisi Dastan Satpaev bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 16 yoshli futbolchining transferi “aristokratlar”ga 4,3 million evroga tushdi. Satpaev 18 yoshga to‘lgunicha “Qayrat” klubida o‘ynab turadi.

Shomurodovga mashhur yulduz ustozlik qilishi kutilyapti!

Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi

Husanovga qaysi jamoa mos: “Real”, “Atletiko” yoki “Yuve”?

Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!

O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
29/04/2025 11:16
Bitta maʼqolani ikki marta yozib