
“Liverpul”da baxtsizman!
“Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keyta bu jamoada o‘zini baxtsiz his qilmoqda va boshqa klubga o‘tishni rejalashtiryapti.
Gvineyalik 27 yoshli futbolchi Yurgen Klopp jamoasiga 2018 yili olib kelingan edi. O‘shanda liverpulliklar bu o‘yinchi uchun “Leyptsig” klubiga 60 million evro to‘lagan. Shunga qaramay, afrikalik charm to‘p ustasi “Liverpul”ning asosiy tarkibiga kira olmadi.
U shu kunga qadar jami 117 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi xolos.
Nabi Keyta klubda o‘zini shu qadar baxtsiz his qilyaptiki, u yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni ham to‘xtatib qo‘ydi. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
Fikrlar