"Liverpool"ning transfer orzusi — Maykl Olise
"Liverpul" "Bavariya" vingeri Maykl Oliseni yozgi transfer oynasi oldidan asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik hujumchi "qizillar" uchun orzudagi transfer hisoblanadi. Klub hatto futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborgan, biroq hozircha bu kelishuvni mutlaqo amalga oshmaydigan deb baholamoqda.
"Bavariya" esa Oliseni sotish niyatida emas. Klub 2029 yil yozigacha amal qiladigan shartnomani uzaytirish va moliyaviy shartlarni yaxshilashni rejalashtirgan.
Shu sababli "Liverpul" e’tiborini Bundesligadagi yana bir hujumchi — "RB Leyptsig" futbolchisi Yan Diomande tomon burdi.
Olise joriy mavsum Bundesligada 23 uchrashuvda 10 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Diomande esa 23 o‘yinda 9 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, 5 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar