"Lokomotiv" 10 million evroga "Milan" futbolchisini sotib oladimi?
Moskvaning “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan “Milan” himoyachisi Diego Laksalt bilan o‘z safini kuchaytirib olmoqchi.
Calciomercato.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “temiryo‘lchilar” kecha 27 yoshli urugvaylik futbolchining transferi borasida “rossonerilar”ga rasmiy taklif yuborgan. Unga ko‘ra, “Loko” Diego uchun 7 million evrodan voz kechishga tayyor. Ammo, “Milan” futbolchini 10 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Tez orada klublar yana aloqaga chiqishi kutilmoqda va ushbu transfer ijobiy yakun topishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Laksalt joriy mavsumning birinchi davrasini “Torino” safida ijarada o‘tkazdi. Qishda esa yana “Milan”ga qaytib keldi.

Fikrlar