"Lokomotiv" AGMKni mag‘lub etdi
Superliganing ikkinchi davrasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan AGMK bugun Toshkentdagi TTYMI stadionida «temiryo‘lchilar»ga qarshi nazorat bellashuvi o‘tkazdi. Bu haqda olmaliqliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Qiziqarli va keskin o‘tgan bellashuvda Marat Bikmaev kiritgan yagona gol «Loko»ga g‘alaba keltirdi.
Nazorat o‘yini.
5 sentyabr, shanba.
«Lokomotiv» — AGMK 1:0
Gol: Marat Bikmaev
• AGMK Superliga ikkinchi davrasi doirasidagi 14-tur o‘yinini 12 sentyabr kuni Bekobodda «Metallurg»ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi va MTRK tarmog‘idagi «Mahalla» kanali orqali efirga uzatiladi.

Fikrlar