
"Lokomotiv" bugun Ukraina chempionatining 3-o‘rindagi jamoasi bilan o‘ynaydi
28 yanvardan Turkiyaning Side shahrida qishki o‘quv-yig‘in olib borayotgan "Lokomotiv" bugun ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib - Ukrainaning "Desna" klubi.
Raqib haqida ma’lumot bersak, "Desna" Ukraina oliy ligasida to‘p suradi va birinchi davradan so‘ng chempionatda 3-o‘rinda boryapti. Peshqadam "Dinamo Kiev" 30 ochko to‘plagan, 2-o‘rindagi "Shaxtyor" hisobida 29 ochko mavjud bo‘lib, "Desna" 13 tur yakunlariga ko‘ra 23 ochko to‘plagan.
Bugungi bellashuv mahalliy vaqt bilan 16:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00)da start oladi.
Fikrlar