"Lokomotiv" legionerining ketganini e’lon qildi
Germaniyalik himoyachi Benedik Xyovedes «Lokomotiv» klubida qolmaydigan bo‘ldi. Moskva shahri jamoasi futbolchining ketganini rasman e’lon qildi.
«Oilaviy sabablarga ko‘ra Benya Germaniyada qolishga qaror qildi. Klub futbolchining qaroriga qarshi chiqmadi – tomonlar o‘zaro kelishuv asosida amaldagi bitimni bekor qildilar», - deyiladi klubning rasmiy xabarida.
Avvalroq Xyovedesning Moskvaga qaytmayotgani, chunki koronavirus pandemiyasi tufayli sog‘ligidan xavotirga tushayotgani xabar qilingandi. Germaniyalik 32 yoshli himoyachining «Loko» bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo‘ljallangan edi.

Fikrlar