"Lokomotiv" Muhammadali Reimov transferini e'lon qildi

  • 04.02.2026 13:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Muhammadali Reimov - "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi. Bu haqida klub matbuoti xabar bermoqda.

"Lokomotiv" jamoa tarkibiga iste’dodli va istiqbolli futbolchi Muhammadali Reimovni qo‘shib olganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.

O‘tgan mavsumlar davomida, nafaqat, "Olimpik-Mobiyuz" jamoasida, balki, turli yoshdagi termalarda yetakchi futbolchiligi bilan ajralib turgan 19 yoshli markaziy yarim himoyachi endi "Lokomotiv" safida faoliyat olib boradi.

Xush kelibsan, Muhammadali! “Lokomotiv” bilan birga yangi cho‘qqilar sari", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!