"Lokomotiv" Premer-liga jamoasiga qarshi o‘ynaydi

  • 10 fevral, 2021, 10:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

28 yanvardan Turkiya yig‘iniga kirishgan "Lokomotiv" bugun oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Tecno

Shu paytgacha uchta o‘yin o‘tkazgan "temiryo‘lchilar" bittadan durang, mag‘lubiyat va g‘alaba qayd etishdi. "Loko" Turkiyada Ukrainaning "Desna" va "Dnepr-1" hamda Latviyaning "RFSh Riga" klublariga qarshi bahs olib bordi.

Oxirgi nazorat bahsi Rossiya Premer-ligasi vakili "Rotor" klubiga qarshi kechadi. 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00)da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!