"Lokomotiv" Shvetsiyada o‘ynagan futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Rossiyalik hujumchi Kirill Pogrebnyak Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Championat.com sayti xabar tarqatdi.
1 yanvarda erkin agentga aylangan futbolchi bunga qadar Shvetsiyaning "Falkenberg" klubida faoliyat olib borayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Pogrebnyak mazkur klub safida 19 bahsda 2 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar