Luka Modrich “Real” bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 24.04.2024 18:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yoshi o‘tib qolgan Luka Modrichning mavsum oxirida “Real” bilan shartnomasi yakunlanadi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, xorvatiyalik yulduz Madridni tark etishga shoshilmayapti. 38 yoshli Modrich yana bir yil “Qirollik klubi” uchun to‘p tepishni istayapti.

Luka Madrid klubiga 2012 yili “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning “Real”dagi faoliyati juda muvaffaqiyatli chiqdi.

Modrich “Real” safida La Ligadagi to‘rtinchi chempionlikka tayyorlanyapti. Bundan tashqari, pleymeyker besh marotaba Evropa Chempionlar ligasi, to‘rt martadan UFEA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!