
Lukaku: "Inter"dan ketish xato bo‘lgandi. Sababi..."
Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan "Inter" futbolchisi Romelu Lukaku APLga qaytgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, u qaytganidan so‘ng Milan klubining qadriga etgan.
"Inter"dan ketish xato bo‘lgan edi. Angliyada buni yanada yaxshiroq anglab etdim.
Hozir faoliyatimdagi eng qiyin davr. Men qolishim kerak edi.
Nima bo‘lganda ham ayni payt yana Milanga qaytganimdan xursandman. "Inter"da nima qilishimiz kerakligi aniq. Biz faqat va faqat chempionlik uchun kurashamiz", - dedi belgiyalik forvard.
Fikrlar