
Lukaku “katta raqam” tanladi
“Chelsi”dan ijara asosida “Inter”ga ko‘chib o‘tgan Romelu Lukaku yangi mavsumda o‘ynaydigan raqamini tanladi.
Belgiyalik to‘purar milanliklar tarkibida 90-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi.
Lukaku “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishidan oldin “Inter” safida 9-raqamda o‘ynar edi. Hozir bu raqamni Lukaku ketganidan keyin milanliklar safiga qo‘shilgan Edin Jeko egallab turibdi.
Romeluning Angliyaga qaytishi o‘zi uchun omadsiz keldi. Tajribali hujumchi Angliya futboliga moslasha olmadi. U Tomas Tuxel qo‘llayotgan taktikalarga to‘g‘ri kelmagani bois, “Inter”ga qaytishga qaror qildi.
O‘tgan mavsumda Romelu 44 ta o‘yinda 15 ta gol urdi xolos.
Fikrlar