Lukaku nega PSJga o‘tishdan bosh tortdi?

  • 16 iyun, 2022, 12:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku PSJga o‘tishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Corriere della Sera.

Manbaga ko‘ra, frantsuz klubi 29 yoshli belgiyalik futbolchiga taklif bilan chiqqan, biroq u faqat "Inter"ga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgan. Oldinroq milanliklar yozgi transfer oynasida hujumchi ijaraga olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Romelu Lukaku o‘tgan mavsum "Chelsi" safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!