Lukaku: Men tilimni tiyib yurdim

  • 15 may, 2022, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku o‘zining agenti Federiko Pastorello o‘z mijozining kelajagi haqida berayotgan bayonotlaridan norozi bo‘lib, unga javob qaytardi.

- Men hech qachon hech kimga nomimdan gapirishiga yo‘l qo‘ymayman. Men shu paytga qadar tilimni tiyib yurdim, jamoamga yordam berish va mavsumni imkon qadar yaxshiroq yakunlashga harakat qildim.

Bilib qo‘yinglar, agar kimdir men va klub haqida gapirsa, bu mening gaplarim bo‘lmaydi, - dedi  Romelu Lukaku.

“Chelsi” o‘tgan yozda belgiyalik hujumchini “Inter”dan rekord summa – 97,5 million funtga xarid qilgan bo‘lsa-da, Lukaku Angliya futbolida yana o‘zini ko‘rsatishga qiynalmoqda. Anchadan beri Romelu boshqa chempionatga ketishi haqida gap-so‘zlar ko‘payib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!