Lukaku yana Milanga qaytishi mumkin, faqat...

  • 22 aprel, 2022, 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" shu yozda "Chelsi"ning belgiyalik  hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Goal.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, London klubining yangi xo‘jayinlari Lukakudan voz kechishga qaror qilsalar, bu transfer amalga oshadi.

Qayd etilishicha, «Milan»ning imkoniyatlari klubni Bahrain Investcorp investitsiya kompaniyasi sotib olish yoki sotib olmasligiga ham bog‘liq.

Qayd etilishicha, “rossonerilar” transferdan keyin ham “Chelsi”dan belgiyalik futbolchining maoshining bir qismini to‘lashni so‘rashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "aristokratlar" Lukakuni o‘tgan yozda "Inter"dan 115 million evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!